11:26 / 23.03.2024
172

25 mart kuni barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi

25 mart kuni barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi
O‘zbekistonda 25 mart — “Yer soati” kuni munosabati bilan maxsus aksiya o‘tkaziladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni sayyoraga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi.

Hurmatli vatandoshlar. Sizni ushbu aksiyada ishtirok etishga va atigi 60 daqiqaga elektrni o‘chirishga taklif qilamiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, “Yer soati” har yili xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan yirik ekologik aksiya hisoblanadi. Mazkur tadbir 2007 yilda Jahon Yovvoyi tabiat fondi (WWF) tomonidan tashkil qilingan. Tashkilotchilar ekologik muammolardan tashvishlanish ramzi sifatida sayyora aholisini 60 daqiqaga chiroq va maishiy elektr uskunalarini o‘chirib qo‘yishga chaqirishadi. Shuningdek, butun dunyo bo‘ylab mashhur bino va obidalarni yoritib turuvchi chiroqlar ham o‘chiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 25 mart kuni barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi