186
Nuroniy otaxon: “Xavfsizlik desa ensamiz qotardi, lekin Moskva voqealari buning naqadar zarurligini isbotladi”
O‘zbekistonda nishonlanadigan bayram tadbirlari davomida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar aksariyat kishilarning noroziligi va ensa qotirishiga sabab bo‘lardi. Kecha Moskvada sodir bo‘lgan terakt ham aynan shunday tadbirlarning birida sodir bo‘lgani va ko‘pchilikning o‘limi, jarohat olishiga olib kelgani bu kabi xavfsizlik choralari naqadar zarur ekanini isbotlab bergandek go‘yo. “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda bo‘lgan qashqadaryolik otaxon tinchlik barcha dunyo xalqlariga birdek zarur ekanini gapirib berdi.
"Ko‘p guvohi bo‘lganman. Bayram tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlarida xavfsizlikka javobgar bo‘lgan Ichki ishlar xodimlarining bizdan hujjat talab qilishi, xavfsizlik choralari sabab taqiqlangan harakatlarni, jumladan o‘tish mumkin bo‘lmagan joyga o‘tishga urinishimizni qoralashi bizga yoqmaydi. Biz, aynan o‘zbek xalqi tinchligimiz ta’minlangani uchun ham qo‘rqmas, botirdekmiz balki.
Lekin xavfsizlik har qanday ko‘ngilsizlikning oldini olishini ko‘p ham tushunavermaymiz. Yoki tan olgimiz kelmaydi. Shu sababdanmi bundayin tadbirlarni uncha xushlamaymiz. Ammo kecha Moskvada sodir bo‘lgan terakt xavfsizligimizni ta’minlovchilar to‘g‘ri yo‘lda ekanini isbotlab berdi", — deydi Parda bobo.
Otaxon yoshlar ko‘pincha tinchlik so‘zini kulgi aralash tilga olayotganini, uning tub mohiyatini to‘g‘ri anglamayotganini aytmoqda.
"Tinchlik deganda o‘zgalarni bezovta qilmaslik, tadbirlarni tinch va osoyishta, urush-janjalsiz o‘tkazishni, hayot va turmush tizimining bir me’yorda bo‘lishini tushunamiz. Oilada tinchlik va osoyishtalik hukm sursa, oila bardavom va mustahkam bo‘ladi. El-yurtda tinchlik va osoyishtalik davom etsa, mamlakat taraqqiyoti, farovonligi, yurt ahlining turmushi obod bo‘ladi.
Bularni aks ettiruvchi muqaddas qadriyatlarimiz, milliy urf-odat va rasm-rusumlarimiz, dinimiz bevosita xotirjamlik silsilasiga uzviy bog‘liqdir. Oila va yurt notinch bo‘lsa, to‘y-tomosha, ko‘ngilxushlik, hazil-mutoyiba, hayot lazzatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Inson biror luqmani xotirjam yutmaydi, har qanday koshona uy-joy, mol-mulk, bola-chaqa inson tanasiga og‘irlik qiladi", — deydi suhbatdosh.
Manbalarda keltirilishicha, notinchlik, urush sababidan oxirgi besh ming yilda uch milliarddan ziyod odam hayotdan ko‘z yumgan.
"Urushlar sababidan mehr-oqibat, insoniylik unutiladi. Har qanday ezgu amallar, ulug‘ maqsadlar poyoniga yetmaydi. Demak, xotirjamlik, osoyishtalik ne’matini so‘rashlikda dono xalqimiz nechog‘lik to‘g‘ri va go‘zal yo‘l tanlagan. Muqaddas dinimiz dasturi bo‘lmish Qur’on oyatlarida tinchlik-osoyishtalikka katta e’tibor qaratilib:
“Qachon (Biz) insonga (tinchlik, salomatlik, farovonlikni) in’om etsak, u (shukr qilishdan) yuz o‘girib, o‘z holicha ketur. Qachon unga (xastalik, kambag‘allik kabi) biror yomonlik yetsa, noumid bo‘lur (Isro, 83)”,— deb marhamat qilinadi. Yaratgan bandalarini o‘zaro ittifoqlikda, ahillikda, tinchlik-omonlikda yashashga da’vat etib: “Agar mo‘minlardan ikki toifa o‘zaro urishib qolsalar, darhol ular o‘rtasini isloh etingiz! (Hujurot, 9)”, — deya xitob qiladi.
Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik barqarorligini ta’minlash yo‘lida davlatimiz tomonidan katta ish olib borilayotgani bizning baxtimizdir. Shunga ko‘ra, biz ham tinch, osoyishta va farovon hayotning qadriga yetish, osuda turmushimizning barqarorligini ta’minlashda o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz lozim. Bu orqali hayotimiz farovonligiga erishamiz", — deydi suhbatdosh otaxon.
Suhbatdosh insonlar mavjud tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado etishlari, noshukrlik qilmasliklari lozimligini aytmoqda.
"Ming afsuski, bugungi to‘kin-sochinlik kunlarda ham ko‘pgina yoru-birodarlarimizni noliyotganiga guvoh bo‘lamiz. Axir, yetti muchasi sog‘ odam hamyonida mablag‘i yo‘q bo‘lsa, shunga nolishi kerakmi? Borib, shifoxonalarda qo‘l-oyog‘i yo‘q yoki xastalanib, ajalini kutib yotgan bemorlarni ko‘rsin-da, qanday buyuk ne’mat sohibi ekanligini his qilsin.
Uy-joylari eskirib qolganiga noliyotganlar esa, uy-joysiz, ijarama-ijara yoki olisda Vatangado bo‘lib yurganlarni ko‘rsin. Zero, ne’matlar nihoyatda ko‘p, eng buyuk ne’mat – iymon, ilm ne’matlaridir. Shuni yodda tutishimiz zarurki, iymonning nuri ziyoda bo‘lishi, ilm-ma’rifatning ziyoda bo‘lishi uchun yana bir ne’mat bor. Bilasizmi bu nima? Halovat ne’mati. Bizga berganiga shukr qilsak, Alloh yanada ziyoda qiladi.
Banda ikki qoidani bilib olishi kerak, ya’ni bir insonga ikki qanot kerak, bilasizmi u nima? Biri shukr, ikkinchisi sabrdir. Masalan: mashaqqat ustida sabr qilib, boriga shukr qilsak, Yaratgan O‘zining fazli ila yengillik ato qiladi. Yengillikda ham shukr qilsak, Alloh yanada ziyoda qiladi. Bizning hamyonimiz sabr va shukr bo‘lsin. Alloh taolo tinchlik ne’matini berdi degani endi bu ne’matga shukr qilish kerak degani. Aks holda bularni bizdan olib qo‘yishi mumkin. Tinchlik ne’mati bo‘lsa, ibodatimiz halovatli, hayotimiz farovon, kelajagimiz porloq bo‘ladi.
Shunday ekan, insonlar nafaqat mavjud tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado etishlari, balki unga noshukrlik qilib putur yetkazishdan ham saqlanishi lozim. Zero, tinchlik va xotirjamlikning ulug‘ ne’matligi doimo kundalik xayriyatlarimizning boshida eslanadi. Shunday ekan, Yaratgandan bir-birimizga tinchlik, ofiyat, xotirjamlik tilaylik. Alloh taolo tinchlik-osoyishtaligimizni hamisha barqaror, yurtimizni tinch, mehnatsevar xalqimiz hayotini farovon aylasin", — deydi suhbatdosh. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»