
Foto: Videodan kadr
Xorazmda voyaga yetmagan qizlar haydashni o‘rganamiz deb katta tezlikda yurib mashina bilan ag‘darib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, voqea 22 mart kuni Xorazm viloyatining Bog‘ot tumani hududidan o‘tgan 4K 953 avtomobil yo‘lning 3-kilometrida sodir bo‘lgan.
Dastlabki surishtiruv jarayonida, Bog‘ot tumani Nurafshon mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan erkak N.X. o‘ziga tegishli Cobalt’ni haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomonidagi dala maydoniga ag‘darilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi.
Avtomashina yo‘lovchisi bo‘lgan 2006 va 2007 yillarda tug‘ilgan ikki nafar qizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar