Foto: IIBB YHXB
Joriy yilning 24 mart kuni soat 00:10 larda Chilonzor tumani Taxtagul-KHAY ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, BMW rusumli avtomashina haydovchisi harakat davomida “Matiz” rusumli avtomashinaning orqa qismiga to‘qnashgan, so‘ng BMW KHAY ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan KIA rusumli avtomashina chap tomoniga borib urilgan.
To‘qnashuv zarbidan KIA avtomashinasi bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Malibu-2” rusumli avtomashinasiga to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida BMW avtomashinasi haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi, shuningdek KIA avtomashinasining haydovchisi va 1 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan, shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan yo‘l harakati qoidalarga amal qilishni hamda tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»