© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
“Krokus Siti Xoll” konsert zalida sodir etilgan fojiadan jabrlangan barchaga chuqur hamdardlik va qo‘llab-quvvatlashimizni izhor qilamiz. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Otabek Umarov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Xabarda “Krokus Siti Xoll” konsert zalida sodir etilgan vahshiy terrorchilik harakati natijasida Rossiya xalqiga, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga chuqur ta’ziya izhor etilgan.
"Biz zo‘ravonlik va terrorizmning har qanday ko‘rinishini, ya’ni bu shafqatsiz jinoyatni keskin qoralaymiz va terrorning har qanday ko‘rinishini butunlay rad etishimizni bildiramiz. Shafqatsizlik va insoniyat mohiyatiga qarshi jinoyatlarga to‘la bunday xatti-harakatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va butun dunyo hamjamiyatining so‘zsiz qoralashiga loyiqdir", — deb yozadi Otabek Umarov.
U shuningdek, "Biz ushbu fojiadan jabrlangan barchaga chuqur hamdardlik va qo‘llab-quvvatlashimizni izhor qilamiz, siz bilan birga qayg‘uramiz va dardingizni his qilamiz. Biz siz uchun ibodat qilamiz va Qudratli Rabbiy sizga ushbu qiyin sinovni yengish uchun kuch berishini chin dildan umid qilamiz", deya qo‘shimcha qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»