1 281
Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi
Taniqli aktyor Bobur Yo‘ldoshev “Mirsodiqova bilan” YouTube kanaliga bergan intervyusida teatrdagi faoliyati, daromadlari va oilasi haqidagi savollarga javob berdi.
To‘yga chiqmasligining sababi
— Teatrimiz kategoriyasi bo‘lmagani uchun oyligimiz juda kam. Mening asosiy daromadim — kino, klip va reklama syomkalaridan. Birinchi marta Nigora Karimboyeva bilan Timur Musoqovning to‘yida boshlovchilik qilganmiz. Shundan keyin ko‘pincha Nilufar Sotiboldiyeva bilan birga to‘yga chiqardik. Bir kuni kimningdir to‘yini olib borayotganimda to‘yxonaga dadam kelib qolganlar. Shundan keyin dadam menga telefon qilib, “O‘g‘lim, senga to‘yda boshlovchilik qilish taklifi kelsa, menga telefon qil, o‘sha pulni o‘zim beraman, boshqa to‘yga chiqma”, deganlar.
“Konfet”lar haqida
— Rejissyorlarga konfet bo‘lsa, o‘ynamayman deyman. Lekin bir xil paytda loyihada tushib qo‘yasiz, yarmiga kelib konfetlar bilan o‘ynashga to‘g‘ri keladi. Shunaqa vaziyatlarda konfetlar bilan birga ishlashga to‘g‘ri kelgan. Lekin teatrda rejissyorlar konfetlarni o‘ynata olmaydi, buning umuman iloji yo‘q. Shunday konfetlar borki, ular ikkita gapni bir-biriga qovushtirib gapira olmaydi.
Foto: Instagram
Instagram'da nega faol emas?
— Instagram'da kuzatuvchilarim ko‘p emas. Men nima qilaman u yerda? Boshqalarga o‘xshab vayn olamanmi? Bu mening mavzum emas. Men maza qilib ishlaydigan ishim bu —teatr va repetitsiya. O‘sha yerda biz hayot yaratamiz.
Ajrashishlar ko‘paygani haqida
— Menimcha hozir ayollar ozgina aynigan. Ular juda ko‘p erkinlik talab qilmoqda. “Hech kimga hisob bermayman, xohlagan joyimga boraman, kelaman”, deyishyapti. Lekin erkak kun bo‘yi ishda bo‘ladi, kechki payt charchab uyga keladi. Shunda ayoli uni ochiq yuz va shirin ovqat bilan kutib olishini xohlaydi. Ayol kishi eriga yaxshi so‘zlab, motivatsiya bera olishi kerak. Misol uchun, xotini yo‘q erkak biz uylanganlardek ko‘p ishlab, pul topishga harakat qilmaydi. Chunki biz erkaklarga ko‘p narsa kerak emas. Bitta mayka, bitta shalvar va boshqa odatlarimizga pul bo‘lsa, bo‘ldi. Internet ayollarni aynityapti deb o‘ylayman. Psixologlar “O‘zingni sev, hayotda bir marta yashaysan” deb o‘rgatyapti. Hozir hech kim qo‘lida kir yuvmaydi, kir mashinaga soladi. Idish-tovoqlarni ham mashina yuvyapti. Ovqatni ham tayyorini buyurtma berishyapti. Ayollar bu narsalarni ko‘rib, ozgina ayniyotganga o‘xshayapti, nazarimda. Ayol kishi eri ko‘tarib kelgan narsani maqtashi kerak, shukr qilishi kerak. Shunda erkak u ayol uchun tog‘larni ag‘darishga ham tayyor bo‘ladi.
Rafiqasi haqida
Foto: Instagram
— Ayolim grek millatiga mansub, aktrisa. Biz ertadan kechgacha teatrdamiz. Qayerdan muhabbat boshlanadi? Biz u bilan bitta spektaklda sevishgan juftlikni o‘ynaganmiz. O‘shanda unga nisbatan yuragim jiz etgan. Bir-birimizga bog‘lanib qolganmiz, keyin turmush qurganmiz. Aktrisa bo‘lgani uchun meni boshqa partnyorlarimdan rashk qilmaydi, tushunadi. Men ham uni boshqa aktyorlardan qizg‘anmayman. Unga o‘zimga ishongandek ishonaman. Ishonch bilan ayta olamanki, bitta xonaga 50 ta erkak bilan kirgizib yuborsam ham u toza chiqadi. Qanaqa qilib oila bo‘lishi mumkin, agar erkak va ayol bir-biriga ishonmasa?
Birinchi rafiqasi haqida
— Birinchi rafiqam olamdan o‘tgan. Turmushimizdan bitta o‘g‘limiz bor. U hozir biz bilan yashaydi. Rafiqam sigaret chekardi. Bir marta qattiq yo‘tal bo‘lib qolgan. Shifokorga borganimizda tuberkulyoz degan tashxis qo‘yishgan va juda katta dozada antibiotik buyurishgan. Yuragi katta dozani ko‘tara olmasdan ikki kunda vafot etgan. Aslida u bronxit bo‘lgan ekan.
Foto: Instagram
— O‘zimni har doim yolg‘iz his etaman. To‘g‘ri rafiqam va to‘rt nafar farzandim bor. Lekin farzandlarim mening olamimda emas. Ular bilan kechki payt birga televizor ko‘ramiz. Lekin har bitta odam yolg‘iz. Biz bu dunyoga yolg‘iz kelamiz, yolg‘iz ketamiz. Mening dunyomda hech kim yo‘q. Yo‘ldoshlar bor. Men yolg‘iz qolganimda hech qachon zerikmayman. Kitob o‘qiyman, kino ko‘raman. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»