Ma’lumki, bugungi Energetika tuzilmalarining o‘nlab yillar oldin qurilgan va o‘nlab yillar ta’mirlanmagan infratuzilma eskirib ketgan, buning barini epaqaga keltirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarni amalga oshirish, quyosh panellari ishlab chiqarishni moliyalashtirish, gidroelektr stansiya qurilishini uchun esa o‘ziga yarasha mablag‘ kerak.
Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan energiya uchun to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab kelinadi, ya’ni to‘lov intizomi olti yillar oldingiga nisbatan tubdan o‘zgarganligini e’tirof etish lozim. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, energiya yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmasdan, iste’mol qilgan energiyasining pullarini o‘z vaqtida to‘lamaydiganlar ham talaygina.
Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan ijro hujjatlariga asosan joriy yil boshidan energiya resurslaridan qarzdorligi uchun 354 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan 7 mlrd. 450 mln. so‘m amalda undirildi. Shuningdek, qarzdorlik evaziga 25 ta 851 mln. so‘mlik mulklar xatlanib, 10 ta 294 mln. so‘mlik mulklar elektron onlayn auksion savdolariga chiqarildi.
Misol uchun, Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan «Imon baxt» MCHJ dan «Hududgazta’minot» AJ foydasiga 45 mln. so‘m qarz ko‘rilgan choralar natijasida to‘liq undirib berildi.
Ushbu undirilgan pullar kelgusida mamlakatimiz energetika tuzilmalarini modernizatsiya qilinishida xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»