Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi

Foto: IIBB YHXB axborot xizmati
Joriy yilning 27 mart kuni Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi avtomashina salon qismiga ruxsatnomasiz miltillovchi (migalka) chiroq o‘rnatib, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama-qarshi harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, mazkur video o‘rganilib, ushbu avtomashina haydovchisiga nisbatan MJtKning 128-5-135-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Haydovchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagani sababli, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Haydovchi, unutmang yo‘l o‘yin maydoni emas. Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Joriy yilning 27 mart kuni Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi avtomashina salon qismiga ruxsatnomasiz miltillovchi (migalka) chiroq o‘rnatib, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama-qarshi harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, mazkur video o‘rganilib, ushbu avtomashina haydovchisiga nisbatan MJtKning 128-5-135-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Haydovchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagani sababli, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Haydovchi, unutmang yo‘l o‘yin maydoni emas. Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…