Aqto‘belik 40 yoshli ayol 14-farzandini dunyoga keltirdi


Kecha, 29 avgust kuni Aqto‘beda istiqomat qiluvchi ayol 14-farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda “Nur.kz” nashriga asoslanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bolakay 4.130 kilogramm vazn bilan dunyoga kelgan.
“Chaqaloqning ham, onaning ham ahvoli yaxshi. Avvallari 16-18tagacha farzand ko‘rgan ayollar haqida eshitganmiz. Biroq 90-yillardan buyon birinchi bor bir oilada dunyoga kelayotgan 14-farzandning tug‘ilishiga ko‘maklashdik. Yangi tug‘ilgan bolakay ham oiladagi qolgan 13ta aka-opalari singari sog‘lom”, deydi shifokorlar.
14 farzandning onasi uy bekasi. Uning turmush o‘rtog‘i mamlakatdagi neft ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tashkilotda faoliyat yuritadi.






























Izohlar 0
…