Mediasiz bugun hayotni tasavvur qilish nafaqat qiyin, balki ilojsiz desak ham bo‘laveradi. Har qadamda biz turli axborotlar, ma’lumotlarga duch kelamiz. Qabul qilinayotgan ma’lumotlarning sifati va ishonchliligi esa inson ongi, ruhiyati va kayfiyatiga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Ommaviy axborot vositalari, ayniqsa internet orqali axborot olish va yetkazish imkoniyatlari kengayib borayotgan bu jarayonda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Andijon yuridik texnikumi o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan o‘quv seminarida ham medaiasavodxonlik va uning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda Majburiy ijro byurosi bosh inspektori Sh.Ismailov, Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi katta inspektori O.Abduraxmanova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi D.Soliyev, Andijon viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi mutaxassisi M.Raxmonova hamda Daryo.uz rasmiy internet nashri muxbiri U.Mamarasulovlar ishtirok etdi.
Bo‘lajak huquqshunoslar tadbir avvalida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasiga oid muhim yangiliklar bilan tanishtirilib, ularga davlatimiz rahbari tomonidan 03.01.2024 yilda imzolangan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Qabul qilingan hujjat asosida kiritilayotgan yangiliklar va o‘zgarishlar birma-bir sanab o‘tildi.
Shuningdek, media va ular orqali taqdim etilayotgan axborot shakllarining ta’sirini yaxshi tushunish, haqqoniyligi va ishonchliligini aniqlash, tanqidiy fikrlash hamda faktcheking qoidalari misollar asosida o‘quvchilarga yetkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»