Buxoroda sevgan qiziga kutilmagan sovg‘a qilmoqchi bo‘lgan vayner jarimaga tortildi

Buxoro viloyatida sevgan qiziga kutilmagan sovg‘a qilmoqchi bo‘lgan vayner jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bloger yigit 2 aprel kuni Buxoro shahrida go‘yoki sevgan qiziga kutilmagan sovg‘a qilish bahonasida suratga olgan videolavhasida boshqaruvida bo‘lgan KIA avtomashinasini qarama-qarshi boshqargan. Sirg‘ali chizig‘ini bosib amaldagi yo‘l harakati qoidasini ham buzgan.
Mazkur videolavha uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylangan. Holat viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektorlari tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, qoidabuzarlik aniqlangan avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan. Aybdor haydovchiga nisbatan qonuniy jazo choralari ko‘rildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ma’lum qilinishicha, bloger yigit 2 aprel kuni Buxoro shahrida go‘yoki sevgan qiziga kutilmagan sovg‘a qilish bahonasida suratga olgan videolavhasida boshqaruvida bo‘lgan KIA avtomashinasini qarama-qarshi boshqargan. Sirg‘ali chizig‘ini bosib amaldagi yo‘l harakati qoidasini ham buzgan.
Mazkur videolavha uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylangan. Holat viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektorlari tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, qoidabuzarlik aniqlangan avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan. Aybdor haydovchiga nisbatan qonuniy jazo choralari ko‘rildi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…