
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha dastlabki ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 4 mart kuni soat 11.00 larda Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida «Kamaz» rusumli tirkamali yukavtomashinasi hamda 14 ta yengil (3 ta Cobalt, 2 ta BYD, 1 ta Tracker 2, 1 ta Spark, 1 ta Damas, 1 ta Nexia 2, 1 ta Nexia 3, 1ta Cherry, 3 ta Lacetti) avtomashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
YTH natijasida 2 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
ToshkentYashnobod TumaniYTHAvtomashinaKamaz TirkamaliTez Tibbiy Yordam O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing