13:00 / 06.04.2024
123

Xitoy Farg‘onada maxsus transport vositalari ishlab chiqarishni rejalashtiryapti

Xitoy Farg‘onada maxsus transport vositalari ishlab chiqarishni rejalashtiryapti
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Xitoyning Zhongke Shangsheng New Energy Vehicle kompaniyasi rahbari Li Min boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyat hududida amalga oshirish rejalashtirilayotgan maxsus transport vositalari ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi. Shuningdek, investitsion loyiha doirasida binolar va xonadonlar uchun innovatsion tayyor holdagi devor, shift va yer qoplamalari ishlab chiqarish ham ko‘zda tutilgan.

Xitoy kompaniyasi tomonidan ushbu loyihalar uchun 80 mln dollargacha investitsiya kiritish reja qilinayotganligi ma’lum qilindi.

Bugungi uchrashuv chog‘ida amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan loyihani “Qo‘qon” EIZ hududiga yoki viloyatdagi kichik sanoat zonalaridan biriga joylashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi, Xitoy kompaniyasi tomonidan loyihaning aniq konsepsiyasi hamda uni amalga oshirishning va moliyalashtirishning reja-jadvali ishlab chiqilgach, yaqin kunlarda muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoy Farg‘onada maxsus transport vositalari ishlab chiqarishni rejalashtiryapti