19:19 / 06.04.2024
181

O‘zbekistonda 60 ming gektar yer maydoni auksionga qo‘yilib, yoshlarga ijaraga beriladi

O‘zbekistonda 60 ming gektar yer maydoni auksionga qo‘yilib, yoshlarga ijaraga beriladi
“Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram'dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:

60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlar (talabgorlar) o‘rtasida o‘tkaziladi.
Bunda:
  • yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;
  • garov puli BHMning 1 baravari (340 ming so‘m) miqdorida belgilanadi.

Fevral boshlarida O‘zbekistonda o‘rmon fondi yerlari so‘nggi olti yilda 1 million gektarga kengayishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Mart oyida esa Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2018—2022 yillarda respublika bo‘yicha umumiy ekin maydonlari 3 million 396 ming gektardan 3 million 353,3 ming gektarga yoki 1,3 foizga qisqarganini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 60 ming gektar yer maydoni auksionga qo‘yilib, yoshlarga ijaraga beriladi