O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolariga ushbu davlatlar hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan 30 kungacha bo‘lishga ruxsat etiladi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 6 aprel kuni “Qozog‘iston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro sayohat qilish shartlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 2000 yil 7 iyuldagi bayonnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddati 5 kundan 30 kungacha uzaytiriladi. Qozog‘iston fuqarolari ham O‘zbekiston hududida shunday huquqqa ega bo‘ladi.
Bir tomon davlatining fuqarolari, doimiy yashash joyidan qat’i nazar, agar ularning bo‘lish muddati 30 kalendar kundan oshmasa, boshqa tomon davlati hududiga kirishi, chiqib ketishi, tranzit o‘tishi, harakatlanishi mumkin.
Ushbu tartib joriy etilishi haqida 2023 yilning oktyabrida ma’lum qilingandi. Bu tartib kuchga kirishi uchun ikki mamlakat tarafidan tegishli davlat ichki tartib-taomillari yakunlanishi talab etilishi bildirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»