17:53 / 08.04.2024
114

Quva tumanida hisobchi ishga tiklandi

Quva tumanida hisobchi ishga tiklandi
Ishga tiklash - bu mehnat shartnomasi noqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda uning avvalgi ishiga tiklanishidir.

Xodim ishga tiklanganda, ish beruvchi xodimga yetkazilgan zararni qoplashga majburdir. Bunda xodimning majburan progul qilgan vaqti, sudga shikoyat qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to‘lanadi.

Misol uchun, Quva tumanida "Quva tumani tibbiyot birlashmasi” hisobxona hisobchisi Sh.Z. nohaq ishdan bo‘shatilganligi sababli o‘z huquqlarini tiklash uchun sudga ariza bilan murojaat qilgan.

Arizani ko‘rib chiqqan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi da’voni qanoatlantirib, ijrosini ta’minlash uchun Byuroning Quva tumani bo‘limiga yuborgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida Sh.Z. 04.04.2024 yildagi buyruq bilan hisobchi lavozimiga ishga tiklangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Quva tumanida hisobchi ishga tiklandi