19:19 / 09.04.2024
99

Noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan xodim o‘z ishiga tiklandi

Noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan xodim o‘z ishiga tiklandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 07.11.2023-yildagi ijro hujjatiga asosan fuqaro S.Muratovni Shumanay tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidagi oldingi ish o‘rniga tenglashtirilgan o‘ringa tiklash belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organ xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq ishga tiklash va ish haqi undirish haqidagi sudlarning ijro hujjatlari Byuro organlariga taqdim etilmasdan avval ish beruvchi tashkilotga topshirilishi lozimligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Shu sababli, fuqaro S.Muratov sudning ijro hujjatini ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Shumanay tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga topshirgan.

Shumanay tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi sud qarori ijrosini ta’minlamaganidan so‘ng fuqaro S.Muratov Byuroning Shumanay tuman bo‘limiga murojaat qilib, ijro hujjati ijrosini ta’minlab berishni so‘ragan va bo‘lim tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida Xo‘jayli tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘iga ijro hujjati ijrosi ta’minlanishi lozimligi, uning ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari haqida ogohlantirish bergan.

Shundan so‘ng, Shumanay tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining 08.04.2024-yildagi buyrug‘iga asosan fuqaro S.Muratov o‘zining avvalgi ish o‘rniga tenglashtirilgan lavozimga ishga tiklangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan xodim o‘z ishiga tiklandi