14:34 / 10.04.2024
142

Toshkentda metroda notanish ayolga shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda metroda notanish ayolga shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi
Foto: Toshkent metropoliteni
2024 yil 8 aprel kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida shahvoniy shilqimlikda ayblangan yigitga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, 2024 yil 1 aprel kuni soat 14:10 larda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi metroning «Chilonzor» yo‘nalishidagi elektropoyezd vagoni ichida 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro A.N. o‘ziga notanish bo‘lgan ayolning bel va tanasining boshqa qismlarini qo‘li bilan ushlagan.

Sud majlisida so‘ralgan huquqbuzar A.N. o‘zining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi aybiga iqrorligini, haqiqatdan ham ayolning belidan past qismini qo‘li bilan ushlaganini, hozirda qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan yengillik berishni so‘radi.

Sud tomonidan A.N. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan (Shahvoniy shilqimlik) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi va unga nisbatan 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda metroda notanish ayolga shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi