14:45 / 11.04.2024
350

Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan yana bir o‘zbekistonlik qidirilmoqda

Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan yana bir o‘zbekistonlik qidirilmoqda
Kadr: Telegram
Suriyada diniy-ekstremistik oqim a’zosiga aylangan toshkentlik erkak qidiruvga berildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 1990 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan “Abdul Zufar” laqabli Mirolim O‘lmasov 2018 yilda ishlash uchun Turkiyaga ketgan, u yerdan “Tahrir ush-Shom” terrorchilik tashkilotiga birlashish maqsadida Suriya davlatiga o‘tib, terrorchilar safiga qo‘shilgan.

O‘lmasov Turkiyada bo‘lgan vaqtida turli internet saytlaridan diniy-ekstremistik oqimlar, xalqaro terroristik tashkilotlar vakillarining g‘oyaviy rahnamolari – Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning hijrat hamda jihodga chorlovchi ma’ruzalarini eshitib yurgan. Aqidaparastlik g‘oyalaridan ta’sirlangan Mirolim jihod amallarini bajarish hamda mujohid birodarlari safiga qo‘shilishni maqsad qilgan va noqonuniy yo‘llar orqali Suriyaga o‘tib, qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etgan.

Fuqaro aqidaparastlik g‘oyalariga berilib ketganidan oradan uzoq vaqt o‘tishiga qaramay oilasi bilan aloqaga chiqmagan. Birgina 2020 yilda sinfdosh do‘sti bilan Telegram messenjeri orqali gaplashgan O‘lmasov Suriyadaligini isbotlovchi rasmini jo‘natgan.

Mirolim O‘lmasov 2020 yildan boshlab “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi a’zosi sifatida ro‘yxatga olingan va unga nisbatan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan rasmiy qidiruv e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Toshkentdan turib Suriyadagi jangarilarni moliyalashtirgan erkak 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 2023 yil sentyabrda esa Toshkent shahar IIBB xorijdan turib o‘zini diniy ulamo sifatida ko‘rsatib, radikal g‘oyalarni tarqatib kelayotgan fuqarolardan ogoh bo‘lishga chaqirgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan yana bir o‘zbekistonlik qidirilmoqda