Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketdi. Ularning biri hali ham qidirilmoqda. Bu haqda RTV kanalida lavha berildi.
Toshkent shahri FVB matbuot kotibining Kun.uz'ga xabar berishicha, baxtsiz hodisa 10 aprel kuni sodir bo‘lgan.
Dastlabki taxminlar va guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, 5 yoshli bola kanal qirg‘og‘ida o‘ynab yurganida, ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib, oqib ketgan. Buni ko‘rgan ayol kishi uni qutqarmoqchi bo‘lib suvga tushgan va u ham kuchli oqim oqibatida suvga g‘arq bo‘lgan. Bunga guvoh bo‘lgan yana bir shaxs ularni qutqarmoqchi bo‘lib, suvga sakragan va oqimga dosh berolmay, cho‘kib ketgan.
Ayol va bola bir-biriga qarindosh emasligi ta’kidlanmoqda, ularning jasadi topilgan. Uchinchi shaxsning jasadi qidirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi