Surxondaryoda milodiy IX—XVI asrlarga oid xumlar topildi

Surxondaryoda milodiy IX—XVI asrlarga oid xumlar topildi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida milodiy IX—XVI asrlarga oid xum idishlar topildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sariosiyo tumani “Sarijar” mahallasida yashovchi fuqaro Erkin Tulakov o‘z tomorqasida issiqxona qurish uchun yer kovlayotgan paytida taxminan yarim metr chuqurlikda katta xum gardishiga duch keladi.
Surxondaryoda milodiy IX—XVI asrlarga oid xumlar topildi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Qazish ishlarini davom ettirib, ushbu gardish balandligi taxminan 1,50-1,60 metr bo‘lgan, butun saqlangan bir dona ulkan xum ekanligiga guvoh bo‘ladi va topilma yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘iniga, undan keyin viloyat Madaniy meros boshqarmasiga xabar qiladi.

Madaniy meros boshqarmasi hamda Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislari tomonidan ushbu xum atrofida olib borilgan arxeologik kuzatuv ishlari natijasida tomorqada yana uch dona xum mavjudligi aniqlangan. Barcha xumlar zarar yetkazilmagan holda qazib olingan.
Surxondaryoda milodiy IX—XVI asrlarga oid xumlar topildi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, xumlarning ikkitasi IX-XIII asrlarga, yana ikkitasi XIV-XVI asrlarga oid ekani taxmin qilinmoqda”, – deyiladi xabarda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar