08:53 / 13.04.2024
210

Bo‘rijarda cho‘kib ketgan uchinchi qurbon ham topildi

Bo‘rijarda cho‘kib ketgan uchinchi qurbon ham topildi
10 aprel kuni Toshkentdagi Bo‘rijar kanalining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi qismida uch kishi cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, qurbonlardan ikki nafari – ona-bola (birlamchi xabarda ular qarindosh emasligi aytilgandi). Keyinroq jasadi topilgan uchinchi qurbon – erkak esa ularni qutqarmoqchi bo‘lgan.

Voqea tafsilotlaridan xabardor manbaning bildirishicha, 5 yoshli bola qirg‘oqda o‘ynab, tasodifan suvga tushib ketgan. Uni ko‘rgan erkak bolani qutqarish uchun suvga sakragan, biroq kuchli oqim tufayli u ham cho‘kib ketgan. Bolaning onasi ham ularni qutqarmoqchi bo‘lib, yordam berishga harakat qilgan, lekin uni ham suv oqimi olib ketgan.

Cho‘kib ketgan 35 yashar ayol va 5 yashar bola Rossiya fuqarolari bo‘lgan. Uchinchi qurbon o‘rta yoshlardagi Xitoy fuqarosi ekani aniqlandi.

Hozirda uchala jasad ham suvdan olib chiqilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘rijarda cho‘kib ketgan uchinchi qurbon ham topildi