Foto: Sputnik
Toshkent shahrida 1-avtobus yo‘nalishining ikki haydovchisi o‘rtasida kelishmovchilik sodir bo‘ldi. «Toshshahartransxizmat» holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
2024 yil 12 aprel kuni soat 20:05 larda «5-avtobus saroyi» filiali tasarrufida bo‘lgan «MAN A22» rusumli 1-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadigan avtobus haydovchisi R.O‘. va 1-yo‘nalishda harakatlanuvchi «MAN A22» rusumli avtobus haydovchisi M.F. o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.
Xabarda aytilishicha, M.F. belgilangan harakat jadvaliga rioya qilmasdan R.O‘. boshqaruvidagi avtobusdan oldin «BIY» bekatidan «Yugnakiy mavzesi» bekati tomon harakatni oldin boshlab yuborgani sababli Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi «Sayohat» bekati qarshisida o‘zaro janjal yuzaga kelgan va haydovchi R.O‘. haydovchi M.F. boshqaruvida bo‘lgan «MAN A22» rusumli avtobusning kalitini olib ketib qolgan.
Mazkur holatdan xabar topgan «5-avtobus saroyi» mutasaddilari tezkorlik bilan yo‘nalishga chiqib, avtobusning kalitini haydovchiga yetkazgan hamda avtobus o‘z yo‘nalishida harakatlanib yo‘lovchilarni belgilangan manzilga olib borgan.
Shundan so‘ng, ushbu ikki avtobus «5-avtobus saroyi» filiali hududiga olib kelingan va haydovchilar bilan bo‘lgan voqea yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan. Shuningdek, yo‘nalish davomida avtobusda yo‘lovchilar bo‘lishiga qaramasdan ushbu avtobusning kalitini olib ketib, yo‘lovchilarning kutib qolishiga sabab bo‘lgani va korxona ichki mehnat tartibini buzgani uchun haydovchi R.O‘.ga nisbatan qat’iy intizomiy chora ko‘rilishi ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”