23:26 / 14.04.2024
123

Andijonda qoidabuzarlik sodir etib, YPX xodimiga bo‘ysunmagan haydovchiga chora ko‘rildi

Andijonda qoidabuzarlik sodir etib, YPX xodimiga bo‘ysunmagan haydovchiga chora ko‘rildi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Monza avtomashinasi YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, tezlikni belgilangan meyorlardan oshirib, xavfli holatlar qilib harakatlanganligi aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 7 aprel kuni, Andijon shahar Milliy tiklanish ko‘chasida, haydovchi, Yu.S. o‘zining Monza avtomashinasida avtobus bo‘lakka kirib, svetoforning qizil ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangan, ushbu qoidabuzarlikni vizual holatda ko‘rgan YPX inspektori, uni to‘xtatish uchun maxsus vosita orqali ishora berishiga qaramasdan haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan ketib qolgan.

Bundan tashqari, qoidabuzar haydovchi o‘zining ushbu xatti-harakatlarini yo‘lovchi sifatida ketayotgan do‘sti R.A.ga tasvirga oldirib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, qoidabuzar haydovchi aniqlanib unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgan, yo‘lovchi R.A. bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda qoidabuzarlik sodir etib, YPX xodimiga bo‘ysunmagan haydovchiga chora ko‘rildi