336
Duduqlangan bolani qo‘rqitish usulida davolashga uringan ayol o‘quv markazi ochgani haqida video tarqaldi
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda bolani qo‘rqitish usulida davolashga uringan ayol, “defektolog” D.J.ga tegishli “Ovoz” markazi tashkil etilgani haqida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mutasaddi idoralar bilan birgalikda mazkur holatni o‘rgandi.
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida fuqaro D.J.ga tegishli “Ovoz” nomli hech qanday ta’lim muassasasi qayd etilmagan bo‘lib, mazkur hududda so‘nggi vaqt mobaynida ham bunday turdagi hech bir nodavlat ta’lim muassasasi ochilmagan.
Aniqlanishicha, “Ovoz” MCHJga tegishli “Ovoz akademiyasi o‘quv markazi” Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ushbu markaz Namangan shahrining Yangi Namangan tumanida ijara shaklida o‘z faoliyatini boshlagan. D.J. esa ushbu maskanning ochilish marosimiga tashkilotchilar tomonidan reklama maqsadida taklif etilgan.
Joriy yilning 27 fevral kuni D.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi tergovi davomida D.J.ning bolalar duduqlanishi muammosiga oid har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi to‘xtatilgan bo‘lib, u bunday xizmat ko‘rsatishni davom ettirmaslik yuzasidan tegishli tartibda ogohlantirilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi