Foto: «Xabar.uz»
Buxoroda «Neksiya-3» avtomashinasi ikki buklanib qoldi. Vafot etgan yoxud og‘ir jarohatlanganlar yo‘q, deya ma’lum qildi viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati boshlig‘i Ulug‘bek Shukurlayev.
Ta’kidlanishicha, holat ikki kun ilgari Buxoro shahridagi Qizilqum ko‘chasida sodir bo‘lgan. «Neksiya-3» avtomashinasi egasi, fuqaro Yu.S. avtomashinani yuqori tezlikda boshqargan va ko‘cha muyulishida to‘siqqa uchragan. Kuchli zarbali urinish oqibatida voqea joyining o‘zida «Neksiya-3» teng o‘rtasidan bukilib ketgan.
«Biz voqea sodir bo‘lgan vaqtning o‘zida haydovchiga yordamga shoshdik. Allohning inoyatini qarangki, haydovchi og‘ir jarohatlanmagan. Yengil tan jarohati olgan ekan. Aholi gavjum joyda haydovchining e’tiborsizligi, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasligi bundan ham og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi, o‘ziga yoxud o‘zgalar hayotiga daxl qilishi mumkin edi», — deydi fuqarolardan biri.
Ulug‘bek Shukurlayevning so‘ziga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi