O‘zini o‘zi band qilgan shaxsga soliq xizmati organiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki soliq organiga integratsiya bo‘lgan elektron platformalar orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoni berilishi mumkin.
Bu borada e’lon qilingan Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 dekabrdagi 806-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 8-bandiga o‘zgartirish kiritilyapti.
Unga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yohud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda, shuningdek, belgilangan tartibda davlat reyestiriga kiritilgan va soliq xizmati organiga integratsiya bo‘lgan elektron platformalar (marketpleyslar) tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Bunda so‘rovnoma o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tomonidan maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet yohud belgilangan tartibda davlat reyestiriga kiritilgan va soliq xizmati organiga integratsiya bo‘lgan elektron platformalar (marketpleyslar) orqali elektron shaklda elektron raqamli imzo yoki imzo sifatida tan olinadigan biometrik identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan «Face-ID» usullar yordamida mustaqil ravishda, shuningdek davlat soliq xizmati organiga kelganda esa soliq organi xodimi tomonidan to‘ldiriladi.
Elektron tijorat platformalar (marketpleyslar) yuzi orqali biometrik identifikatsiya qilishda O‘zbekistonda «Kiberxavfsizlik» DUK ijobiy xulosasi berilgan tizimlardan foydalanishi shart. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi