10:13 / 17.04.2024
66

NATO mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli kuchlari kursantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda

NATO mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli kuchlari kursantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, dastlab delegatsiya a’zolariga markazning o‘quv-moddiy bazasi va o‘quv xonalarida yaratilgan sharoitlar tanishtirilgan. Shundan so‘ng mehmonlarning o‘zaro tanishuv suhbati hamda mas’ul shaxslar ishtirokida brifing o‘tkazilgan.

Brifing davomida markaz shaxsiy tarkibi va kursantlarga NATO harbiy hamkorligi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar berildi”, — deyiladi xabarda.

NATO xodimlari markazda o‘qiyotgan kursantlar uchun harbiy alyansga a’zo davlatlarda serjantlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bir qator mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etgan hamda mavzu bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashgan. Hamkorlikdagi o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar 20 aprelga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda NATO mutaxassislari to‘rt kun davomida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi.

2023 yil oktyabr oyida esa Mudofaa vazirligi harbiylari Janubiy Koreyada NATO standartlari asosida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy jangovar tayyorgarlik musobaqasida g‘olib bo‘lgandi.

Ikkinchi o‘ringa AQSH va Koreya jamoalari ega chiqqan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » NATO mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli kuchlari kursantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda