
Yo‘l harakati qoidalarini buzib, qo‘llanilgan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamasdan kelayotgan fuqarolarga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilib, jarimalarni undirish ishlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB YHXBning qarorlariga asosan javobgar D.M.dan davlat foydasiga jami 31 ta 14,5 mln. so‘mlik ma’muriy jarimalarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan Byuroning Hazorasp tumani bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, qarzdor D.M.ga davlat oldidagi majburiyatini bajarishi uchun ixtiyoriy muddat berilgan.
Lekin, qarzdor ixtiyoriy muddat ichida ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rmaganligi sababli, undiruv qarzdorga tegishli bo‘lgan “Sobalt” rusumli avtotransport vositasiga qaratilgan va olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida avtotransport vositasining turgan joyi aniqlanib, xatlangan va MIB binosiga olib kirilgan.
Shundan so‘ng, qarzdor barcha jarimalarini to‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar