12:00 / 19.04.2024
298

O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Foto: “Dunyo” agentligi
Orient Silk Road Express birinchi luks poyezdi xorijlik sayyohlarni O‘zbekistonning tarixiy shaharlari orqali olib o‘tib, Toshkentga yetib keldi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Buyuk ipak yo‘li” yo‘nalishi bo‘ylab sayohat loyihasi Germaniyaning Lernideye Erlebnisreisen va Angliyaning Golden Eagle Luxury Trains sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Turistik charter poyezdlari Avstriya, Angliya, Germaniya, Niderlandiya, Indoneziya, Irlandiya, Ispaniya, Kanada, Luksemburg, Malayziya, AQSH, Fransiya va Shveysariyadan kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi.

Qozog‘istonning “Kazinform” nashri yozishicha, 2024 yilda 14 ta turistik poyezd O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab harakatlanadi.

"Ushbu poyezdlardan bittasi sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni tugatib, Toshkentga yetib keldi. Ikkinchisi hozirda Samarqandda sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Chimkentdagi “Ontustik” maxsus iqtisodiy zonasi negizida Qozog‘iston—O‘zbekiston yengil sanoat klasterini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish va Qozog‘istonning Turkiston viloyati, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarining diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayyohlik yo‘nalishini yaratish taklifi bildirilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi