Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi X.A. IIOga murojaat etib, bank kartasidan 3 000 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 37 yoshli M.A. sodir etgani aniqlangan.
Unga ko‘ra, M.A. "Telegram" messenjeri orqali X.A. bilan tanishgan va unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini, shuningdek, pullarini oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan unga tegishli bo‘lgan bank karta rekvizitlarini qo‘lga kiritib, pullarini o‘zlashtirib olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi