19 aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida shahvoniy shilqimlik qilish bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqildi.
Sud hujjatida keltirilishicha, holat 2023 yilning 15 noyabr kuni sodir bo‘lgan. 1979 yilda tug‘ilgan A.R. Termiz shahri avtovokzalidan Toshkent shahriga kelayotgan avtobusning ichida bo‘la turib, yonida o‘tirgan ayolning uxlab qolganidan foydalangan holda unga tegajog‘lik qilgan. Uyg‘onib ketgan ayol unga qarshilik ko‘rsatgan, erkak esa u bilan janjallashib, avtovokzalda ommani o‘ziga qaratgan.
Sudda so‘roq qilingan huquqbuzar erkak ayolga qo‘li tegib ketganligini, hozirgi kunda qilgan ishidan pushaymonda ekanligini aytib, unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
Ayol esa avtobusda yonidagi o‘rindiqda o‘tirgan A.R. u uxlab qolganidan foydalanib, kiyimini yechib, ko‘krak qismiga tegajog‘lik qilganini, shundan so‘ng uyg‘onib ketganligi va haydovchiga holatni bildirganini, erkak u bilan janjallashib, haqorat qilganligini aytib ko‘rsatma bergan. Jabrlanuvchi ushbu holat 2023 yil 15 noyabr kuni sodir bo‘lganiga qaramasdan IIO xodimlari A.R.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishmaganligini ma’lum qilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, A.R. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 41-1-moddasida (shahvoniy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan. Unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi