Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024 yilning mart oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qildi.
Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. 2024 yil mart oyida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi xonadonlar ijara narxlarida fevral oyiga nisbatan o‘rtacha 0,61 foizga, to‘liq ta’mirlangan turkumdagi uy-joylar ijara narxlarida esa o‘rtacha 0,76 foizga tushish kuzatildi.
O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasi. 2024 yil mart oyida ushbu sinfdagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari o‘tgan fevral oyiga nisbatan o‘rtacha 0,6 foizga pasayib, 391 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari esa 1,2 foizga arzonlab, o‘rtacha 436 dollargacha tushdi. Shuningdek, o‘rtacha ta’mirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari mos ravishda 0,2 foiz va 0,4 foizga pasayib, o‘rtacha narxlar 513 va 591 dollarni tashkil etdi.
O‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - $354, 2 xonali - $386 ,3 xonali - $435, 4 xonali - $441), Olmazor (1 xonali - $359, 2 xonali - $414, 3 xonali - $454, 4 xonali - $489) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali - $463, 2 xonali - $518, 3 xonali - $620, 4 xonali - $819) va Shayxontohur (1 xonali - $437, 2 xonali - $456, 3 xonali - $537, 4 xonali - $624) tumanlarida kuzatildi.
To‘liq ta’mirlangan uylar ijara narxlari. Mart oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari 472 dollarni tashkil etib, o‘tgan fevral oyiga nisbatan 0,8 foizga tushgan bo‘lsa, 2 xonali uylar uchun ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda $644 va 1,1 foizni tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida ($788) ham biroz (0,3 foiz) tushish kuzatildi. To‘liq ta’mirlangan 4 xonali uylar o‘rtacha ijara narxlari ham 0,9 foiz tushib, 909 dollargacha pasaygan.
To‘liq ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - $394, 2 xonali - $449, 3 xonali - $556, 4 xonali - $646) va Uchtepa (1 xonali - $396, 2 xonali - $496, 3 xonali - $622, 4 xonali - $646) tumanlarida hamda ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali - $567, 2 xonali - $844, 3 xonali - $1024, 4 xonali - $1097) va Shayxontohur (1 xonali - 556$, 2 xonali - $845, 3 xonali - $1050, 4 xonali - $1024) tumanlarida kuzatildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi