Xorazm viloyatining Urganch shahrida tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi. Bu haqda Xorazm viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, jinoyat 17 aprel kuni Urganchning “Hamjihatlik” mahallasida sodir bo‘lgan. 1986 yilda tug‘ilgan ayol o‘ziga avvaldan tanish, 1975 yilda tug‘ilgan ayolni uyiga chaqirgan.
O‘zaro suhbatda ikki ayol o‘rtasida pul bilan bog‘liq nizo kelib chiqqan. Suhbat janjalga aylangach, uy egasi ro‘mol bilan mehmon ayolning bo‘ynidan bo‘g‘ib, o‘ldirib qo‘ygan. Qilgan jinoyatini yashirish maqsadida ayol murdani hovliga ko‘mgan.
Jinoyat tergov-tezkor guruhi tomonidan qisqa fursatda fosh etilgan. Gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Hozirda jinoyat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi