Toshkentga tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeron O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining qator sohalardagi istiqbollari haqida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.
«Mushtarak maqsadlarimiz sari bir qancha qadamlar tashlayapmiz. Kichik biznesni rivojlantirish uchun yangi investitsiya fondini tashkil etdik. Shuningdek, «yashil» texnologiyalar va mehnat migratsiyasi sohasida ham hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Bundan tashqari, O‘zbekistonda Britaniyaning 10 dan ortiq universitetlari faoliyat yuritmoqda. Biz esa O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan bu ko‘rsatkichni qanday oshirish mumkinligi haqida suhbatlashdik. Shubhasiz, ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish, savdo, biznesni kengaytirish va «yashil» texnologiyalarni joriy etish bizning manfaatlarimizga mos keladi», deydi Devid Kemeron.
Vazir O‘zbekistonga nima maqsadda kelgani haqida ham fikr bildirgan.
«O‘zbekiston o‘z yo‘li va taraqqiyotini belgilab olgan. Bugun biz bu yerda ta’lim, biznes va savdo sohalaridagi hamkorligimizni yanada rivojlantish va bir qator masalalarda birgalikda qanday ishlarni amalga oshirishimiz mumkinligi haqida fikr almashish uchun yig‘ildik», deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi