Depressiyaga uchragan haydovchilar atrofdagi voqelarga reaksiyaning pasayishi sabab rulga o‘tirmasliklari maqsadga muvofiqdir. Bu haqda psixoterapevt, tibbiyot fanlari nomzodi Yevgeniy Fomin Gazeta.ru bilan suhbatda gapirdi.
«Depressiyaga uchragan haydovchilarning baxtsiz hodisalarga duchor bo‘lish xavfi yuqori. Bu boshqa yo‘lovchilarga ham ta’sir qiladi. Depressiyaga uchragan odam letargiyani boshdan kechiradi va e’tiborsiz bo‘ladi. Tushkunlikka tushgan kishi atrofda nimalar bo‘layotganini ham sezmasligi mumkin», deb tushuntirdi shifokor.
Fominning qayd etishicha, ruhiy tushkunlikka tushgan odamning holati yo‘llarda xavfli vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu munosabat bilan shifokor depressiya tashxisi qo‘yilgan haydovchilarga jamoat transportiga o‘tishni tavsiya qildi.
«Agar odam o‘z ahvolidan xabardor bo‘lsa, u holda mashina haydashdan voz kechgan ma’qul. Ayniqsa, agar u psixotrop dorilar va antidepressantlarni qabul qilsa. Ular konsentratsiyani kamaytirishi mumkin. Depressiyaga uchragan haydovchilar taksi yoki jamoat transportiga o‘tsa, bu o‘zlari va boshqa yo‘l harakati qatnashchilari uchun xavfsizroq bo‘ladi», — deya xulosa qildi Fomin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi