13:24 / 27.04.2024
192

Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi

Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi
Kadr: Telegram
Toshkent shahrida firibgarlik yo‘li bilan 80 dan ortiq kishining nomiga kredit evaziga texnika xarid qilgan 40 yoshli ayolga hukm o‘qildi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, u mazkur jinoyatni 28 hamda 29 yoshli ikki sudlanuvchi yigit bilan birga sodir etgan. Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, ayol shu vaqtgacha 12 marta sudlangan.

"Fuqarolarning nomiga kredit olish bilan shug‘ullanganman. Jinoyat sodir etganimni tan olaman", — deydi ayblanuvchi.

Sudlanuvchi ayol Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topildi. Sudning 2023 yil 26 dekabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismini qisman qo‘yish yo‘li bilan 5 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sudlanuvchi yigitlarning har biriga 5 yil-u 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi.

Bundan oldin Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi 59 yoshli shaxs ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘zining nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra onlayn kredit olinib, pullari o‘zlashtirilganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi