
Foto: Mirobod tumani hokimligi
Poytaxt markazidagi Istiqbol ko‘chasida asfalt o‘pirilib tushdi. Hodisaga issiqlik quvurida avariyaviy holat yuz bergani sabab ekani aytilyapti.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Istiqbol ko‘chasida asfalt o‘pirilib tushgani haqida ma’lumot tarqaldi.
Xabarlarga ilova qilingan fotosuratlarda avtomobil yo‘li o‘rtasida katta chuqurlik paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Mirobod tumani hokimligi holat yuzasidan izoh taqdim etdi.
Bildirilishicha, ayni vaqtda hokimlikning mutasaddi rahbarlari voqea joyiga yetib borgan.
Qayd etilishicha, chuqur atrofi o‘rab olingan. Muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligi ma’lum qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar