Putin Islom Karimov haqida: U hamisha menga yaxshi munosabatda edi. Ertaga albatta Samarqandga boraman

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6 sentyabr kuni O‘zbekistonga kelishi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. U Xitoydagi G20 sammiti yakunida shu haqida aytib o‘tgan, deb yozmoqda "Kun" nashri.
«U hamisha menga olijanoblik bilan munosabatda bo‘lgan. Ertaga albatta unga hurmat bajo qilish uchun boraman», — degan Putin.
«Shuni aytishim kerakki, biz tanish bo‘lgan va birga ishlagan davrlarda, ayniqsa oxirgi bir necha yil davomida, men Islom Abdug‘anievichni insoniy tomondan tanishga muvaffaq bo‘ldim. Bizning munosabatlarimiz juda samimiy edi. U shaxsan menga juda iliq munosabatda edi, balkim, uning yoshi mendan kattaroq bo‘lgani tufayli, biz ikkimiz qolganda meni «sen»lab, ismimni aytib murojaat qilardi. Bu O‘zbekiston uchun katta yo‘qotish bo‘ldi, umuman inson dunyodan ko‘z yumishining o‘zi yo‘qotishdir», — dedi Vladimir Putin matbuot anjumanida.
Bundan oldinroq OAVda ushbu safar haqida xabar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, 3 sentyabr kuni Islom Karimovning dafn marosimida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegasiya ishtirok etdi.
Shu kuni vazir O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan, unda Rossiya O‘zbekiston bilan barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettrishga tayyor ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing