
Kadr: Telegram
Jizzax viloyati IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sharof Rashidov tumani va Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi 9 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, ushbu shaxslarning barchasi Jizzax shahridagi 5 ta tungi klubda ish boshqaruvchi, hisobchi, ish yurituvchi, qo‘riqchi vazifalarida faoliyat yuritib kelgan. Ular voqea yuz bergan kechasi “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida joylashgan restoranda “nima sababdan kechasi faoliyat yurityapsizlar?!” bahonasida bezorilik sodir etilgan.
Ular idishlarni sindirib, ovqatlanish shoxobchasi mas’ullariga bosim o‘tkazishga uringan.
O‘z navbatida jabrlanuvchilarning murojaati asosida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan qonunbuzarlarni qo‘lga olish choralari ko‘rilgan.
Sud qarori bilan gumonlanuvchilar mayda bezorilik hamda ichki ishlar organi xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlikda aybdor deb topgan va ularning barchasiga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar