12:57 / 06.09.2016
6 963

Filippin prezidenti Obamaga qo‘pollik qilgani uchun uzr so‘radi

Filippin prezidenti Obamaga qo‘pollik qilgani uchun uzr so‘radi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQSh prezidenti Barak Obamaga qarata bildirgan fikrlari uchun afsusdaligini ma’lum qildi. Bu haqda "Kun" nashri xabar tarqatdi.

"Bu vaziyat matbuotning ba’zi savollariga qaytargan javoblarim natijasida yuzaga keldi... Biz bu izohlar AQSh prezidentiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum sifatida ko‘ringanidan afsusdamiz", deya Dutertening so‘zlarini keltiradi agentlik.

Duterte AQSh rahbarini "fohishaning o‘g‘li" deb atagandi. Bunga amerikalik siyosatchi Duterte saylanganidan keyin o‘tgan vaqt ichida 2 mingdan ortiq kishi hukumat harbiylari va polisiya qo‘lida halok bo‘lganiga e’tibor qaratib o‘tgani sabab bo‘ldi.

Shuningdek, Obama Xitoydagi "Katta yigirmatalik" sammiti vaqtida rasmiy Vashington mamlakatdagi giyohvandlik savdosi hamda jinoyatchilik Filippinga katta xavf solayotgani haqida gapirib o‘tgan.

Filippin prezidentining chiqishidan keyin Oq uy Laosdagi Sharqiy Osiyo sammiti doirasida Obama va Duterte uchrashuvini bekor qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Filippin prezidenti Obamaga qo‘pollik qilgani uchun uzr so‘radi