17:28 / 16.05.2024
252

Nega qon aynan nomsiz barmoqdan olinadi?

Nega qon aynan nomsiz barmoqdan olinadi?
Foto: Freepik
Umumiy tahlil (analiz) uchun qon nomsiz barmoqdan olinishini ko‘pchiligimiz bilamiz. Nega shundayligini o‘ylab ko‘rganmisiz? Ma’lum bo‘lishicha, buning bir nechta sababi bor ekan.

Bosh barmoq va jimjiloq qobig‘i qo‘l panjalari bilan katta bog‘liqlikka ega. Agarda bu barmoqlarga infeksiya tushsa, tezda butun qo‘lga tarqab ketadi. Qo‘lning qolgan barmoqlari esa bunchalik bog‘lamga ega emas.

Aynan nomsiz barmoqdan qon olinishiga kelsak, birinchidan, undan kam foydalanamiz. Shu bois qon olingan barmoqni keyinchalik jarohatlab qo‘yish yoki infeksiya tushirish ehtimoli past.

Yana bir sababi — nomsiz barmoq kapillyarlarga boy bo‘lib, qon bilan yaxshi ta’minlangan.

Qolaversa, nomsiz barmoqdagi jarohat boshqa barmoqlarga qaraganda tez bitadi, nerv tolalari juda kamligi sababli og‘riqni bildirmaydi.

Va nihoyat, eng yupqa teri ham nomsiz barmoqda, uni teshib qon olish oson.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nega qon aynan nomsiz barmoqdan olinadi?