
Foto: Bolalar ombudsmani
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 2 yoshli o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qizchaning onasi uni enagaga qoldirgan, enaga esa ayol bolani olib ketmagani uchun politsiya chaqirtirgan va bola Rossiyaning Lyuberetskiy tumanidagi vasiylik organiga topshirib yuborilgandi.
Qizchaning buvisi V.D. nevarasi tashlandiq bola sifatida rasmiylashtirilib, unga yangidan ism-familiya berilganidan xabar topgan va uni O‘zbekistonga qaytarilishida amaliy yordam so‘ragan.
Bolalar ombudsmanining bildirishicha, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan ko‘rilgan tizimli va o‘zaro tezkor choralar natijasida 14 may kuni qizaloq Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi.
Hozirda bola buvisi V.D. qaramog‘iga rasmiy ravishda topshirilgan bo‘lib, uning tomonidan parvarish qilib kelinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar