Foto: “Daryo”
“Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan apellyatsiya instansiyasi 17 may kuni boshlangan sud majlisi avvalida o‘zi istamagan holda, majburan 2024 yilning 20 may kuni soat 10:30 ga qadar tanaffus e’lon qildi. Bunga hindistonlik sudlanuvchi S.R.P.ning advokati Davron Ahmadovning sud majlisida qatnashmayotgani sabab qilib ko‘rsatildi.
Sudlov hay’ati raisi Muzaffar Ahmedovga ko‘ra, hindistonlik sudlanuvchining advokati navbatdagi sud majlisi qachon va qayerda bo‘lib o‘tishidan xabardor qilinsa-da, sababsiz sudga kelmagan. Shuningdek, unga qilingan telefon qo‘ng‘iroqlariga ham javob qaytarmagan. Shu sabab sudlov hay’ati o‘zi istamagan holda tanaffusga chiqishga majbur bo‘ldi.
Bunga e’tiroz bildirgan advokatlar va jabrlanuvchilarning qonuniy vakillari sudda hech bo‘lmasa ular kiritayotgan iltimosnomalar muhokama qilinishini so‘radi. Biroq sudya bu qonuniy tartibga zid ekanini aytib, advokat Davron Ahmadovning e’tiroziga sabab bo‘lishini bildirdi.
"Men kun davomida davlat chegarasini qo‘riqlashdek mas’uliyatli ishimni bajarib, sud ishi muhim bo‘lgani uchun hatto dam olmasdan bu yerga kelgandim. Sababi, mening bolam o‘lim to‘shagida yotibdi. Har bir kun shaxsan menga ham, og‘ir kasal bilan olishayotgan farzandim uchun ham g‘animat. Shu sabab advokat istaganida kelib, istamaganida sudga kelmasligini oqlab bo‘lmaydi. Sud majlisini davom ettirib, ish bo‘yicha tezroq yagona to‘xtamga kelinishi tarafdoriman va shuni talab qilaman", — deydi jabrlanuvchilardan birining qonuniy vakili Feruz Nuritdinov.
Foto: “Daryo”
Boshqa sudlanuvchilar huquqini himoya qilayotgan advokatlarga ko‘ra, Davron Ahmadov betob bo‘lib qolgani sabab bugungi sud majlisiga yetib kelolmagan. Bu haqda advokat hamkasblaridan iborat Telegram guruhlarning birida ma’lum qilgan.
Sudya ishni davom ettirishi kerakligini, biroq hindistonlik sudlanuvchining himoyasi ta’minlanmasa, bu qonuniy tartibga zid ekanini eslatib, S.R.P.dan yana bir advokat olishi kerakligini, advokatlardan biri kelmaganda, ikkinchisi uning himoyasini ta’minlashini aytdi. Hindistonlik sudlanuvchi qo‘shimcha advokat olish uchun advokati Davron Ahmadov bilan maslahatlashishi kerakligini, unga qadar biror gap aytolmasligini ma’lum qildi.
Buni tinglagan sudya esa, 20 may soat 10:30 ga qadar majburiy tarzda tanaffus e’lon qilganini, o‘sha kuni ham advokat Davron Ahmadov sud majlisiga kelmasa, hindistonlik sudlanuvchiga davlat hisobidan advokat berilishini va shu tarzda sud majlisini davom ettirishini ochiqladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”