117
Jazo muddatini o‘tash joyini 1000 dollar evaziga o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Foto: IIV Tezkor qidiruv departamenti
IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Toshkent shahar Yashnobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida muqaddam sudlangan 48 yoshli ikki nafar shaxs Bo‘ka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan tanishi orqali ushbu manzil koloniyasidagi yana bir mahkumni Ohangaron yoki Olmaliq shahridagi manzil koloniyalaridan biriga o‘tkazib berish evaziga 1 000 dollar miqdoridagi pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil aprel oyida Navoiy viloyatida tergov ishlarini yengillashtirib berishini aytib, 100 million so‘m so‘ragan ayol jinoyati ustida qo‘lga tushgandi. Shuningdek, Samarqandda 2,5 milliard so‘mlik qarzdorlikni kamaytirish uchun 15 ming dollar so‘ragan soliq inspektori qo‘lga olingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar