Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha baholashda mahalla raisining ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq “mahalla yettiligi”ning faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha baholanadi.
KPI ko‘rsatkichlari mazkur xodimlarning ish beruvchilari tomonidan Uyushma bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bunda mahalla raislari hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori faoliyatini baholashda ularga 20 foiz ball berishga haqli.
“Mahalla yettiligi” a’zolarining ish haqini asosiy ish joyidan berish tartibi saqlab qolingan holda KPI asosida baholash natijalaridan kelib chiqib, ular moddiy rag‘batlantirilib boriladi.
“Mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyati ularning har oylik ish rejalari asosida amalga oshiriladi. Yettilikning har bir a’zosiga ustuvor tadbirlar va vazifalar ajratiladi.
Bir oy muddatda “Mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha baholash metodikasi qayta ishlab chiqiladi. Bunda:
- xotin-qizlar faoli faoliyatini baholashda ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq va/yoki zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga berilgan himoya orderlari soni inobatga olinmaydi;
- hokim yordamchilari faoliyatini baholashda “yangi tashkil qilingan subyektlar” ko‘rsatkichiga asosan ularning olis hududlarda faoliyat yuritayotganlariga qo‘shimcha koeffitsiyent berish imkoniyati hisobga olinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi