Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti olimlari tomonidan Kuchli zilzilalar ta’sirida Toshkent shahrining talafotlanish darajasini iqtisodiy baholash imkonini beruvchi raqamli simulyatsion modeli ishlab chiqildi. Bu haqda Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahri hududi seysmik potensiali yuqori bo‘lgan zonada joylashgan bo‘lib, hududda magnitudasi 6,5 va undan katta bo‘lgan zilzilalar sodir bo‘lish xavfi bor. Tarixiy va instrumental ma’lumotlar bazasiga ko‘ra shahar hududida 1868, 1886, 1924 va 1966 yillari magnitudasi 6,5, 6 va 5,3 bo‘lgan, seysmik jadalligi bo‘yicha esa 7, 8 - 9 ballik zilzilalar qayd qilingan. Shuningdek, 1980 yilda magnitudasi 5,5 bo‘lgan seysmik jadalligi 8 ballga teng Nazarbek zilzilasi sodir bo‘lgan.
«Toshkent shahar hududini janubiy g‘arb yo‘nalishida kesib o‘tuvchi Karjantou tektonik yer yorig‘i doimiy harakatlanishi natijasida kuchli zilzilalar sodir bo‘lib kelmoqda. Albatta sodir bo‘lishi muqarrar bo‘lgan 7,8 va 9 ballik kuchli zilzilalar sharharga iqtisodiy talafotlar yetkazgan», – deydi Fanlar akademiyasi rasmiysi.
Gulnoza Sharafovaning Statagentlik ma’lumotlariga tayanib aytishicha, 2024 yilning 1 yanvar holatiga Toshkent shahrida 981 331 ta oilalar (uch millionga yaqin kishi) 11 258 ta ko‘p qavatli uylarda va 204,1 mingta yakka tartibdagi uylarda istiqomat qiladi.
So‘nggi vaqtlarda xorijiy mamlakatlarda sodir bo‘layotgan kuchli zilzilalar esa O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash ishlarini jadallashtirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishni talab etmoqda. Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, aholining demografik o‘sishi, sanoat-fuqarolik qurilishlari kengayishi esa hududning seysmik talafot potensialini oshiradi.
Qayd etilishicha, loyihani amaliyotga tatbiq etish orqali zamonaviy IT-texnologiyalar asosida Toshkent shahrining muhandis-geologik sharoitini va bino-inshootlarning konstruktiv turlarini hamda ularning seysmik zaifliklarini aniqlab hisobga olgan holda hududda sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan 7, 8 va 9 ballik zilzilalardagi iqtisodiy talafotlarini baholashning ilmiy asoslangan simulyatsion modeli ishlab chiqiladi.
Tadqiqot natijasida grunt va binolarning tizimli tebranish xususiyatlari aniqlanadi va epitsentral zonalardagi va undan tashqarisida seysmik tebranishlarning tarqalishi va so‘nish ko‘rsatkichlari matematik modellashtirish asosida baholanadi, shuningdek, hududning har bir nuqtasi uchun zilzilaning manba parametrlari asosida sintetik akselerogramma yaratiladi.
Toshkent shahri hududida sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan zilzila o‘chog‘larining seysmik xavfi boholanadi.
Bino va inshootlarning seysmik zaifligini va ularning kuchli zilzilalar ta’sirida shikastlanish darajasini aniqlashda jahon tajribasini hisobga olgan holda yondashuvlar tanlanadi, usullar, tavsiyalar va baholash bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.
Shu bilan birga, shahar hududida turli davrlarda qurilgan bino va inshootlarning, xususiy uylarni inobatga olgan holda, 7, 8 va 9 ballik zilzilalardagi seysmik bardoshlik xolatlari aniqlanadi har bir konstruktiv turdagi bino-inshootlar uchun shikastlanish darajalari baholanadi va seysmik holatini baholovchi namunaviy pasportlari tuzila boshladi.
Toshkent shahrida qurilgan bino va inshootlarning har bir konstruktiv turi uchun seysmikbardoshlik bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratiladi va ularni GIS platformasiga joylashtiriladi. Ishlab chiqiladigan kuchli zilzilalarni simulyatsion modellashtirish texnologiyasi dastlab Toshkent shahri hududi misolida, keyin bosqichma-bosqich «Raqamli geoportal» axborot tizimi mavjud shaharlar, viloyat markazlari va yirik aholi punktlari hududlarida joriy etiladi.
Natijada baholangan seysmik zaif binolar zilzilabardoshligi oshirilish masalasi yoki o‘rniga yangi norma asosida bino qurish masalasi hal etiladi. Ishlab chiqiladigan dasturiy ta’minot va platforma onlayn rejimda avtomatik tarzda kuchli zilzilalar sodir bo‘lganda gruntlar va binolarning tebranishi, seysmik to‘lqinlarning tarqalishi rangli tasvirlarda animatsiyalanadi va dastlabki talafotlar ko‘lamini miqdoriy baholash imkonini beradi hamda favqulodda vaziyatlarda qutqaruv va o‘quv-taktik bo‘linmalarini harakatlanish dasturi vazifasini bajaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar