Toshkent viloyatida Toyota Prado uchta avtomobil bilan to‘qnashdi

Toshkent viloyatida Toyota Prado uchta avtomobil bilan to‘qnashdi
Foto: Toshkent viloyati YHXB
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Viloyat YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 24 may kuni soat taxminan 08:00 larda Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidan o‘tgan 4R4 Toshkent shahri—Keles—Qozoqkentsoy qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 1-kilometrida yuz bergan.

Haydovchi R.R. (1993 yilda tug‘ilgan) Toyota Prado rusumli avtomobilni Keles—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelayotganida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Cobalt, Damas, Spark bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Toyota Prado haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Qolgan haydovchilar tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar