
Foto: FVV matbuot xizmati
Toshkentda yangi qurilayotgan turar joy majmuasida tuproq bosib qolgan ishchiga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 24 may kuni soat 17:05 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” MFY hududida bir nafar fuqaroni yangi qurilayotgan turar joy majmuasi chuqurida payvandlash ishlarini olib borayotgan vaqtida tuproq bosib qolgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida.
ToshkentdaYangi QurilishIshchini QutqarishTuproq Bosib QoldiFavqulodda VaziyatlarDilbuloq MFY O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing