Toshkentda ko‘p qavatli uy xonadonlarini poylagan erkakka chora ko‘rildi

Kadr: Telegram
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uy xonadonlarini poylagan erkakka chora ko‘rildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxsning ko‘p qavatli uylarning birida xonadon eshiklarini birma-bir tortib, tashqaridan turib xonadon ichkarisini eshitayotgani aks etgan video tarqaldi.
UzNews'ning yozishicha, 2 may kuni A.B. ismli shaxs tungi soat 02:30 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli 142-uyning xonadonlariga ko‘z tirqishlari orqali qarab, ushbu xonadonlarni eshitib turish orqali kuzatib yurgani natijasida xonadonda yashovchilarni qo‘rqitib, ularning tinchligini buzgan.
Mazkur holat bo‘yicha u IIB binosiga taklif qilinganida, idoraga kelishdan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.
Holat yuzasidan 23 may kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan ayblangan A.B.ga nisbatan Mirzo Ulug‘bek tuman sudi qarori o‘qilgan.
Unga ko‘ra, sudlanuvchi 5 sutkaga qamaldi va BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uy xonadonlarini poylagan erkakka chora ko‘rildi.

Izohlar 0
…